Qashqadaryodagi bogʻcha mudirasi va tarbiyachilar janjaliga munosabat bildirildi
Ijtimoiy tarmoqlarda bogʻcha tarbiyachilari bir-birining sochini yulib, sudragani, holat 6-oktyabr kuni Nishon tumanidagi 1-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgani haqida xabar berilgandi.
Xabarga koʻra, bogʻcha mudirasi va tarbiyachilar janjal koʻtarib, bir-biriga kuch ishlatgan va turli soʻzlar bilan haqorat qilishgan. Qashqadaryo viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi holat yuzasidan dastlabki munosabatini bildirdi.
“Nasafnews.uz saytida eʼlon qilingan Nishon tumanidagi 1-Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida sodir boʻlgan hodisa yuzasidan viloyat maktabgacha taʼlim boshqarmasi ishchi guruhi tuzildi va holat oʻrganilmoqda. Oʻrganish natijalari haqida batafsil maʼlumot beriladi”, – deyiladi munosabatda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring