Qashqadaryoda yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarish holati fosh etildi
Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahrida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ ishlab chiqarish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi va bojxona xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Natijada, Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, “Sariosiyo” MFY hududidagi “Sh.S.” oilaviy korxonasi masʼul shaxslari noqonuniy yogʻ ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelayotganligi aniqlanib, ulardan 102 litr yogʻ va 5,5 tonna chigit ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Avvalroq Buxoro viloyatidagi korxonalarda yiliga 2 ming 145 tonna pilla xomashyosi qayta ishlanishi haqida xabar qilgandik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring