Qashqadaryoda qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar N.L., M.M va boshqalar Mirishkor tumani “Shodlik” MFY hududida “M.t.” MCHJga ijaraga berilgan yer maydonida 12,7 ming kub hajmdagi qum-shagʻal aralashmasini noqonuniy ravishda qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 765,6 mln soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring