Qashqadaryoda qidiruvdagi jinoyatchi qoʻlga tushdi

16:01 22 Iyul 2024 Jamiyat
316 0

Qashqadaryo viloyatida yashirinib yurgan qidiruvdagi jinoyatchi qoʻlga tushdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Unga koʻra, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Yakkabogʻ tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda jinoyat sodir etib, tergov organlaridan yashirinib yurgan shaxs ushlandi.

Jumladan, Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, yashirinib yurgan, “Mustaqillik” mahallasida yashovchi B.N. ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonalariga joylashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер