Qashqadaryoda ota uning uch farzandi is gazidan zaharlanib, vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida bir oilaning 4 nafar aʼzosi is gazidan zaharlanib, vafot etdi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 17-dekabr kuni soat 15:40 larda Qarshi shahri Kunchiqar MFYda yashovchi 46 yoshli fuqaro B.T. va uning farzandlari — 19 yoshli T.A. (oʻgʻil) , 16 yashar S.A. (qiz) va 10 yoshli M.A. (qiz) isitish tizimidan chiqqan is gazidan zaharlanish oqibatida oʻz yashash xonadonida vafot etgan.
Koʻzdan kechirish davomida aniqlangan dastlabki holatga koʻra, uyning yertoʻlasida oʻrnatilgan zamonaviy isitish qozonining (двух контурный котёл) yongan is gazi chiqishi uchun oʻrnatilgan moʻrining umumiy havo tortish moʻrisiga (вытяжная вентиляция) ulangan qismidan is gazining sizib chiqayotganligi aniqlangan.
Xabar qilinishicha, hozirda mazkur hodisa yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring