Qashqadaryoda oilaviy bolalar uylari rahbarlari oʻquv kurslariga jalb etildi

15:45 23 Dekabr 2022 Jamiyat
601 0

Foto: Xalq so‘zi

Prezidentimizning 2022-yil 4-avgustdagi “Oilaviy bolalar uylari faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori asosida Qashqadaryo viloyatida 18 ta oilaviy bolalar uyi tashkil etilib, ayni paytda ularda 109 nafar oʻgʻil-qiz kamolga yetmoqda.

Qarshi shahrida oilaviy bolalar uylari rahbarlari va oʻz xonadonida shunday muassasa ochish istagida boʻlgan ota-onalar uchun oʻquv kurslari tashkil etildi. Mashgʻulotlar Jamoat xavfsizligi universiteti oʻqituvchilari tomonidan olib borildi.

— Balogʻat yoshidagi oʻgʻil-qizni tarbiyalash oson yumush emas, buning uchun ota-ona katta hayotiy tajriba va psixologik koʻnikmaga, zamonaviy qarash va bilimlarga ega boʻlishi lozim, — deydi Qamashi tumanidagi oilaviy bolalar uyi rahbari Saodat Hamidova. — Shu jihatdan oʻquv kurslarining tashkil etilgani biz uchun juda foydali boʻldi. Ayniqsa, ota-onalar va oʻqituvchilar oʻrtasidagi qiziqarli savol-javoblar, hayotiy misollar va qadimiy rivoyatlardan foydalangan holda mashgʻulotlar olib borilgani bizga juda yoqdi.

Oʻz bilim va malakalarini oshirgan oilaviy bolalar uylari rahbarlari va ota-onalarga Qashqadaryo viloyati hokimligi va Oʻzbekiston Milliy gvardiyasi rahbariyati tomonidan sertifikatlar topshirildi.

 

Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер