Qashqadaryoda “Navroʻz sayli” festivali boʻlib oʻtmoqda

11:33 26 Mart 2026 Jamiyat
210 0

Navroʻz bayramining zamirida xalqimizning ulkan tarixi, sof milliy qadriyatlari, urf-odatlari, marosimlari, udum va anʼanalari mujassam.

Mirishkor tumanida tashkil etilgan “Navroʻz sayli” festivalida ham ana shu ezgu qadriyatlar oʻz ifodasini topdi.

Festivalda hududdagi mahallalar, milliy madaniyat markazlari, folklor-etnografik dastalari, hunarmandlar, kasb-hunar, ijod maktablari, sport muassasalari oʻzlarining milliy udum va anʼanalari, milliy liboslari, taomlari, yoshlarning ijod va sportda qoʻlga kiritayotgan yutuqlari koʻrgazmasini tashkil etishdi.

Ayniqsa, poytaxtdan kelgan taniqli ijodkorlar, sanʼatkorlarning chiqishlari barchaga xush kayfiyat, shodonlik ulashdi.

— “Navroʻz sayli” festivali ikki kun davomida viloyatning oʻnga yaqin shahar-u qishloqlarida boʻlib oʻtishi belgilangan, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi bosh mutaxassisi Latif Qambarov. — Bu aholining madaniy hordiq olishini taʼminlash, Navroʻzi olamning insonparvarlik mohiyati, uning bagʻrikenglik, saxovat va mehr-oqibat kabi azaliy qadriyatlarini keng targʻib etishda muhim omil boʻlmoqda.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер