Qashqadaryoda mast haydovchi YHX inspektorini pichoqlab oʻldirdi

15:10 09 Iyul 2024 Jamiyat
342 0

Foto: Kun.uz

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida xizmat vazifasini bajarayotgan YHXB katta inspektori mast haydovchi tomonidan pichoqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, kecha, 8-iyul kuni soat 19:00 larda Koʻkdala tuman IIB JXX YHXB katta inspektori E.P tomonidan haydovchi S.B. boshqaruvidagi avtomashina toʻxtatilib, tekshirilganda fuqaro S.B. xodimning qonuniy talablarga boʻysunmasdan faol qarshilik koʻrsatib, katta inspektor E.P.ning qorin sohasiga oʻtkir tigʻli jism bilan tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan katta inspektor E.P. Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialida vafot etgan.

Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning xabar berishicha, holat yuzasidan bugun, 9-iyul kuni tuman prokuraturasi tomonidan B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish2-qismi va 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Qoʻshimcha qilinishicha, jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov harakatlari Koʻkdala tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер