Qashqadaryoda mahalla raisi oʻrinbosari fuqarodan nafaqa tayinlash uchun pora soʻradi

23:47 02 Yanvar 2022 Jamiyat
1505 0

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Aerodrom mahalla raisi oʻrinbosari fuqarodan nafaqa tayinlash uchun bir oylik nafaqa pulini soʻragan. Fuqaro mahalla xodimi bilan telefon orqali qilingan suhbatni yozib olgan.

Dehqonobod tumani hokimligi axborot xizmati esa holatga munosabat bildirib, fuqarodan nafaqa tayinlashda yordam berganini aytib, pul soʻragan MFY raisi oʻrinbosari ustidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilganini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro Yu.M.ning Departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi boshligʻi nomiga yozgan arizasi yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida Dehqonobod tumanida yashovchi H.B. 2021-yilning 29-yanvar kunidan hozirgi kunga qadar MFY raisi oʻrinbosari sifatida ishlab kelib, boshqalar bilan oʻzaro til biriktirgan holda xizmat mavqeyidan foydalanib, oʻzgalar mulkini ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan qoʻlga kiritish maqsadida, oʻzlarida boʻlmagan vakolatlarni namoyon qilib, 2021-yilning noyabr oyida fuqaro Yu.M.ga voyaga yetmagan besh nafar 14 yoshga toʻlmagan farzandi uchun kam taʼminlangan oilalarga ajratiladigan ijtimoiy nafaqa chiqarib berishini vaʼda qilgan.

Undan jami 250 ming soʻm pullarni talab qilib olgan va firibgarlik jinoyatini sodir qilgan. Mazkur holat yuzasidan MFY raisi oʻrinbosari H.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер