Qashqadaryoda koʻp qavatli turur joy binosi va mehmonxona noqonuniy qurilayotgani maʼlum boʻldi

15:47 11 Mart 2021 Jamiyat
1363 0

Qurilish vazirligi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi qurilish obyektlarida aniqlangan noqonuniy holatlar boʻyicha maʼlumot berildi.

Unga koʻra, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri «Shurtan» MFY hududidagi “1-son kompleks loyiha qurilish va montaj” xususiy korxonasi tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli turar-joy binosi oʻrganilganda  qurilishda ishlab chiqarishni tashkil qilish talablariga asosan obyektda majburiy yuritilishi lozim boʻlgan ijro hujjatlari yuritilmaganligi aniqlangan. 

Bundan tashqari binoda ishlatilgan monolit temir beton konstruksiyalarining loyihaviy mustahkamligiga mos kelishi boʻyicha laboratoriya sinov xulosalari olinmaganligi, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari yaʼni shaharsozlikka ruxsat beruvchi hujjatlar rasmiylashtirilmaganligi hamda hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlari boshlanganlik holati aniqlangan.

Ushbu aniqlangan kamchiliklar boʻyicha maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga topshirilgan.

Shuningdek, aniqlanishicha xuddi shunday Qarshi shahrining I.Karimov hamda «Tupxona» koʻchalari chorrahasida “Ulkan inshoot qurilish servis” MCHJ tomonidan qurilayotgan “Mehmonxona” binosida oʻrganish olib borilganda qurilayotgan binoda ham kamchiliklar aniqlangan.

Obyekt qurilishi uchun tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlariga ijobiy yigʻma ekspertiza xulosasi olinmaganligi, obyektni loyihalashtirish uchun ishlab chiqilgan bosh reja hamda fasad koʻrinishlariga arxitektura va shaharsozlik kengashining bayonnomasi olinmagan hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori talablariga hududiy inspeksiyani xabardor etmasdan qurilish-montaj ishlari boshlangan.

Oʻz navbatida qurilayotgan obyektda ishlatilayotgan qurilish materiallarining sifat hujjatlari mavjud emasligi, temir beton konstruksiyalarida ishlatilgan beton qorishmalarining loyihaviy mustahkamligiga mosligi boʻyicha laboratoriya sinov xulosalari olinmaganligi aniqlangan.

Mazkur aniqlangan kamchiliklar hududiy inspeksiya tomonidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер