Qashqadaryoda YPX mashinasining oynalarini sindirib tashlagan haydovchi qamaldi

12:18 24 Fevral 2025 Jamiyat
209 0

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida haydovchi YPX maxsus avtomobilining old va orqa oynalarini sindirib tashladi. Bu haqda “Renessans” telekanalida xabar berildi.

Qayd etilishicha, hodisa joriy yilning 9-fevral kuni 19:30 larda Shahrisabz shahri Boʻston mahallasi hududida sodir boʻlgan. Ushbu hududda xizmat olib borayotgan YPX xodimlari mototransport vositasini toʻxtab turish taqiqlangan joyda qoldirgan fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirgan.

Bundan norozi boʻlgan haydovchi mototransport vositasining yukxonasida boʻlgan belkurakni olib, xodimlarning “Lacetti” rusumli xizmat avtomobilining old va orqa oynalarini urib sindirgan.

“Qilgan ishimdan pushaymonman. Bu ishni hech kimga maslahat bermayman. Bu holat qayta takrorlanmasligiga soʻz beraman”, dedi haydovchi.

Holat yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha Shahrisabz shahar sudida qonunbuzar haydovchiga 7 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер