Qashqadaryoda isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsuloti ishlab chiqarayotgan xonadon aniqlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro E.X. oʻz uyining yordamchi xonasida qoʻlbola usulda yasalgan moyjuvoz uskunasi yordamida isteʼmolga yaroqsiz yogʻ mahsulotlari ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, ushbu xonadondan 900 kg chigit, 46 litr qoʻlbola yogʻ, elektr dvigatel, juvoz uskunasi va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring