Qashqadaryoda ikki mingdan ziyod koʻp qavatli uy UzKAD tizimiga kiritildi
Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimizda yer va mulk munosabatlarini tartibga solishda zamonaviy mexanizmlarning yoʻlga qoʻyilishi, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etilishi sohada shaffoflikni taʼminlashga xizmat qilmoqda. Xususan,Prezidentimizning 2022-yil 25-avgustdagi “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yoʻl qoʻymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi (UZKAD) koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestri hamda koʻchmas mulk obyektlari haqidagi maʼlumotlar yuritiladigan, maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadigan yagona axborot tizimi etib belgilandi.
Qashqadaryo viloyati shahar va tumanlarida shu kunga qadar 2 ming 200 ga yaqin koʻp qavatli uy UzKAD tizimiga kiritildi.
— Ushbu axborot tizimi koʻp qavatli uylar atrofidagi chegaralarni va ular egallab turgan maydonni hamda manzilini elektron tarzda aniqlash imkoniyatini yaratadi, — deydi Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi Axborot tahlili va kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Jamshid Eshonqulov. — Keyinchalik bu tizim orqali koʻp qavatli uylar yonida noqonuniy qurilishlarni onlayn nazorat qilish xizmatidan ham foydalanish koʻzda tutilgan.
Faxriddin BOZOROV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring