Qashqadaryoda gʻalla oʻrimiga kirishildi

17:50 02 Iyun 2020 Iqtisodiyot
1241 0

Bu yil viloyatda sugʻoriladigan va lalmi maydonlarni qoʻshib hisoblaganda 204 ming gektar maydonda boshoqli don yetishtirildi. Hosilni nest-nobud qilmasdan tez va soz yigʻishtirib olish uchun 460 ta gʻalla oʻrish kombayni oʻrim-yigʻim ishlariga jalb etildi. Shuningdek, 1954 ta don tashish texnikasi, 460 ta koʻchma ustaxona, 460 ta yoqilgʻi moylash materiallari koʻchma shoxobchalari texnik koʻrikdan oʻtkazilib, oʻrim-yigʻim mavsumiga shay holatga keltirildi.

Gʻalla oʻrim-yigʻimi ishtirokchilarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida mavsum boshidan kombayn operatorlarining har biriga 1 million soʻm, yordamchi operatorlarga 500 ming soʻmdan naqd pul, 50 kg. un va 10 kg. oʻsimlik yogʻi hamda oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.

Viloyat mirishkorlari bu yil 1 million 67 ming tonnadan ortiq ulkan don xirmoni yaratishni oldilariga maqsad qilishgan.

Ahad Muhammadiyev, 
("Xalq soʻzi)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер