Qashqadaryoda DXX kubogi g‘olib jamoalari nomi aniqlandi

18:04 02 Avgust 2023 Jamiyat
872 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Sportning futbol va mini futbol turlari bo‘yicha 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati kubogi musobaqalarining Qashqadaryo viloyat bosqichi yakunlandi.

Qarshi shahridagi “Geolog” sport majmuasida o‘tkazilgan hal qiluvchi uchrashuvlar bayramona ruhda tashkil etilib, unda taniqli san'atkorlar ijrosidagi shou dasturlar namoyish etildi. Bir-biridan qiziqarli kechgan futbol bahslari esa muxlislarda katta taassurot qoldirdi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Dastlab katta futbol bo‘yicha finalga qadar yo‘lni muvaffaqiyatli bosib o‘tgan Shahrisabz shahrining “Yangi hayot” hamda Kasbi tumanining “Qoratepa” jamoalari viloyat bosqichi g‘olibi nomiga aniqlik kiritib olish uchun maydonga tushishdi. Shiddatli kechgan bahs yakuniga ko‘ra, 2:0 hisobida g‘alaba qozongan shahrisabzlik yoshlar viloyat kubogini qo‘lga kiritishdi.

Mini futbol bahslari ham hayajonli lahzalarga boy bo‘ldi. Qamashi tumanining "Samarqand" jamoasi Muborak tumanining "Bo‘ston" jamoasini 7:2 hisobida mag‘lub etib, qatorasiga uchinchi bor musobaqaning viloyat bosqichi g‘olibi bo‘ldi.

Foto: “Xalq soʻzi”

E'tiborlisi, musobaqada bu yil ilk bor qizlar o‘rtasida ham mini-futbol bo‘yicha bahslar o‘tkazildi. Unda Shahrisabz shahrining 2-sektor sharafini hamda Chiroqchi tumanining 1-sektor sharafini himoya qilayotgan jamoalar viloyat bosqichi finaliga chiqishgan edi. Finalda esa shahrisabzlik qizlarning qo‘li baland keldi – 2:0.

Endi har uchala yo‘nalish bo‘yicha g‘olib jamoalar musobaqaning respublika bosqichida Qashqadaryo viloyati sharafini himoya qilishadi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida Qashqadaryo viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.

Jahongir BOYMURODOV, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер