Qashqadaryoda “Cobalt” va “Lacetti” toʻqnashdi

15:49 17 Aprel 2026 Jamiyat
147 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati hududida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, bugun, 17-aprel kuni soat 07:30 larda Qamashi tumani Qarshi-Shahrisabz avtomobil yoʻlining 29 kilometrida “Cobalt” va “Lacetti” rusumli avtomashinalari toʻqnashuvi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Mazkur yoʻl-transport hodisasi oqibatida “Lacetti” avtomobili haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi JXX YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер