Qashqadaryoda 5 mashina ishtirokida YTH yuz berdi
Foto: Qashqadaryo YHXB
Qashqadaryo viloyatida 5 ta mashina ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa 1-dekabr kuni soat 22:02 larda Qarshi shahar Beklar mahallasi hududi A.Temur koʻchasida sodir boʻlgan. Unda P.D. boshqaruvida boʻlgan “Lacetti-1” rusumli avtomobil A.Temur koʻchasi tomonidan Qarshi shahar Jayxun koʻchasi tomon harakatlanib borib, M.A. boshqaruvida boʻlgan “Lacetti-2”ning harakat yoʻliga chiqib ketgan.
Oqibatda yoʻlning oʻng tomonida toʻxtab turgan P.D. boshqaruvida boʻlgan “Lacetti-3”, T.S. boshqaruvida boʻlgan “Cobalt”, P.Sh. boshqaruvida boʻlgan “Tracker” rusumli avtomobillariga kelib urilgan va yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.
Toʻqnashuv oqibatida “Lacetti-3” avtomobili salonida boʻlgan yoʻlovchi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring