Qashqadaryoda 45 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi 

22:10 02 Iyul 2020 Jamiyat
635 0

Ayni soatlarda Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining fidoyi shifokorlarining tinimsiz mehnati sabab bir yoʻla 45 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Shunday qilib, ayni paytgacha Qashqadaryo viloyatida koronavirus infeksiyasidan jami 119 nafar bemor sogʻaydi.

Hozirda mamlakatimiz boʻylab ushbu kasallikdan sogʻayganlar soni 5892 nafarni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер