Qashqadaryoda 37 yoshli erkak qoʻshnisining yashamaydigan xonadonida oʻzini osib qoʻydi

20:42 17 Aprel 2022 Jamiyat
1096 0

Foto: Illustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Gʻuzorda 37 yoshli erkak oʻzini osib qoʻyganligi haqida xabar tarqalgan.

Aniqlanishicha, 13-aprel kuni Gʻuzor tumani, Sovbogʻ qishlogʻida yashagan 1985-yilda tugʻilgan erkak (oilali, 3 nafar farzandi bor, mahalla fuqarolar yigʻinida yoshlar yetakchisi boʻlib ishlagan) qoʻshnisining yashamaydigan xonadonida oʻzini-oʻzi osib vafot etgan.

Tekshirish davomida marhum oxirgi vaqtlarda koʻp spirtli ichimlik isteʼmol qilishi oqibatida ruhiyatida oʻzgarish boʻlganligi aniqlangan.

Marhumning oʻlim sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Holat boʻyicha Gʻoʻzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер