Qashqadaryoda 268 mln soʻmlik gaz oʻgʻirlagan korxona fosh qilindi
Qarshi shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, jamiyat ishchi guruhi, “Hududgaz Qashqadaryo” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, shahar gaz taʼminoti boʻlimi, Oʻzenergoinspeksiya hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Qarshi shahrida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, shaharning “Qarliqobod” MFYda joylashgan “D. E. H. B.” oilaviy korxonasiga qarashli yogʻ ishlab chiqarish sexida xatlov oʻtkazilganda, isteʼmolchi tabiiy gaz tarmogʻiga loyiha-texnik hujjatlarsiz ulanib, «zangori yoqilgʻi«dan noqonuniy foydalanib kelayotgani fosh qilingan.
Mazkur holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 268 million 531 ming soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan. Shuningdek, barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring