Qashqadaryoda 2-sinf oʻquvchisini "Kamaz" bosib ketdi
Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida maktab oʻquvchisini "Kamaz" yuk mashinasi urib ketgani aks etgan video tarqaldi. Viloyati IIB ushbu holat yuzasidan izoh berdi.
Qayd etilishicha, mazkur YTH joriy yilning 15-may kuni Koʻkdala tumanida sodir boʻlgan. Oqibatda 2-sinf oʻquvchisi voqea joyida vafot etgan.
Hozirda hodisasi yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring