Qashqadaryoda 10 ming gektarga yaqin maydonga kartoshka ekiladi

14:29 22 Iyul 2025 Jamiyat
303 0

Shahrisabz tumanida takroriy ekin sifatida kartoshka yetishtirish boʻyicha viloyat seminari boʻlib oʻtdi.

Taʼkidlash joiz, joriy yilda Qashqadaryo viloyatida gʻalla va boshqa bahorgi ekinlar hosilidan boʻshagan 10 ming gektarga yaqin maydonda ikkinchi ekin sifatida kartoshka ekish rejalashtirilgan.

— Oʻtkazilgan seminarda masʼul tashkilotlar vakillari, xizmat koʻrsatuvchilar, dehqon va fermerlarga ishlarni tizimli tashkil etish, urugʻlarni tanlash, ekinni ekish va parvarishlash boʻyicha koʻrgazmali tarzda keng maʼlumot berildi, — deydi Qashqadaryo viloyat agroxizmatlar markazi boshligʻi Iskandar Toʻrayev. — Maqsadimiz kartoshkadan yuqori hosil olib, bozorda ushbu mahsulotning moʻl-koʻlligini taʼminlashga erishish.

Jahongir BOYMURODOV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер