Qashqadaryo viloyatida transformator yonib ketdi
9-noyabr kuni soat 18:34 da Qashqadaryo viloyati Koson tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga Pudina mahallasi Ziyoratgoh koʻchasida joylashgan transformatorda yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabariga koʻra, 1 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 18:49 da voqea joyiga yetib borgan, transformator hududiy elektr tarmoqlari korxonasi mutaxassislari tomonidan elektr tarmogʻidan uzilgandan soʻng yongʻin soat 19:22 da toʻliq bartaraf etilgan.
Hodisa oqibatida halok boʻlgan va jabrlanganlar yoʻq. Hozirda yongʻin sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring