Qashqadaryo viloyatida qurilish ishlari hajmi 10,8 foizga oʻsdi
Qashqadaryo viloyatida qurilish ishlari hajmi 10,8 foizga koʻtarildi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Oʻtgan yilda Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy holati raqamlarda quyidagicha koʻrinish olgan:
- doimiy aholi soni — 3 716 949 kishi (2026-yil 1-yanvar holatiga);
- yalpi hududiy mahsulot hajmi 6,8 foizga oʻsdi;
- sanoat ishlab chiqarish hajmi 7,2 foizga oʻsdi;
- qurilish ishlari hajmi 10,8 foizga oʻsdi;
- chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 8,6 foizga oʻsdi;
- bozor xizmatlari hajmi 13,6 foizga oʻsdi;
- tashqi savdo aylanmasi hajmi 0,3 foizga oʻsdi;
- eksport hajmi 0,9 foizga kamaydi;
- import hajmi 1,1 foizga oʻsdi;
- qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 4,3 foizga oʻsdi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, 2026-yil 1-yanvar holatiga koʻra, viloyatda 30 ming 424 ta korxona va tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring