Qashqadaryo, Surxondaryodagi neft va gaz obʻyektlarida oʻtkazilgan nazorat tekshiruvlari yakunlandi

14:31 09 Dekabr 2023 Jamiyat
222 0

“Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan Qashqadaryo hamda Surxondaryo viloyatlarida joylashgan obʻyektlarda sanoat va ekologiya xavfsizligi, sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati boʻyicha oʻtkazilgan monitoring nazorat tekshiruvlarining 4-bosqichi yakunlandi.

Tadbirlarda Shoʻrtan, Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari, Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi, “Uzbekistan GTL” zavodi, “Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari“, ”Muborak neftgaz suv taʻminot" MCHJlari, Ochiq neft va gaz favvoralarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha Oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi, “Gissarneftgaz”, “Koʻkdumaloq-gaz” qoʻshma korxonalari, Qarshi va Termiz neft bazalari, ularga qarashli AYOQSHlarda sanoat, ekologiya va mehnat xavfsizligi, sogʻliqni muhofaza qilish holatlari oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi, Muborak gazni qayta ishlash zavodi va “Gissarneftgaz” qoʻshma korxonasida bu borada belgilangan tartiblarga amal qilinganligi aniqlandi. Tekshirilgan obʻyektlarda mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi, gaz, yongʻin, elektr xavfsizligi yoʻnalishlari hamda xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish va risk bilan ishlash yoʻnalishi boʻyicha kamchiliklar qayd etildi.

Faoliyatida xatoga yoʻl qoʻygan 86 nafar xodimga chora koʻrildi, 38 nafar xodim esa ragʻbatlantirildi.

Aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar tuzilib, ijrosi yuzasidan masʻul xodimlarga topshiriqlar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер