Qarz yuki karantin vaqtida toʻxtatiladi

19:29 23 Aprel 2020 Iqtisodiyot
890 0

Oʻzbekistonga koronavirus kirib kelgach qator cheklovlar bilan birgalikda iqtisodiyot sohasida talaygina yengilliklar berildi.

Shu masalada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Banki raisi Mamarizo Nurmuratov ayrim maʼlumotlarni aytib oʻtdi.

“Qarz yuki karantin vaqtida toʻxtatiladi. Karantindan chiqqach toʻlash boshlanadi va qarzini toʻlash uchun qancha vaqt karantin vaqtida qolgan boʻlsa, oʻshancha vaqt kredit toʻlovchiga choʻzib beriladi.

Masalan, 2021-yil yanvargacha barcha kreditlarni toʻlashingiz kerak boʻlsa, karantin sababli iyun oyigacha toʻlashingizga imkon beriladi. Hamma kredit qarzlarini birdan toʻlash talab etilmaydi”, deydi Nurmatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер