Qarshida YPX avtomashinasi yonib ketdi
Ijtimoiy tarmoqda “Qarshi shahrida YPX avtomashinasi yonib ketdi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
Joriy yilning 18-dekabr kuni soat 16:50larda, Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar, Mustaqillik koʻchasida joylashgan viloyat hokimligi binosining roʻparasida viloyat IIB YHXB YPX xodimi M.Oymurodov boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli maxsus xizmat avtomobilining dvigatel qismida yongʻin yuzaga kelgan.
Yongʻin natijasida tan jarohati olganlar yoʻq. Yongʻin tez fursatlarda bartaraf etilgan. Transport vositasining dvigatel va kapot qismi zararlangan.
Mazkur hodisa yuzasidan Qarshi shahar IIB YHXB va FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, yongʻin yuzaga kelish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring