Qarshida bobo nabirasini pichoqlab qoʻydi

11:53 05 Sentyabr 2021 Jamiyat
1100 0

2021-yil 29-avgust kuni soat 22:00larda, Qarshi tumani “Paxtazor” mahallasida yashovchi nafaqaxoʻr T.O. nabirasi O.Gʻ. bilan uy-joy masalasida janjallashib qolib, bobo nabirasini chap tomon qorin old sohasiga bir marotaba pichoq sanchib tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Natijada, Gʻ.Olimov tan jarohati olib shifoxonaga tushgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi IIB TB tomonidan ishi qoʻzgʻatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер