Qarshi davlat  universiteti Rossiyadagi OTM bilan hamkorlik kelishuvi imzoladi

12:20 17 Noyabr 2021 Jamiyat
960 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining M. V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida II - O‘zbekiston-Rossiya taʼlim forumi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri boshchiligida mamlakatimizdagi qator OTMlar  rektorlari qatnashmoqda.

Qarshi davlat universiteti matbuot xizmatining maʼlum qilishicha,  forumda ishtirok etayotgan mazkur universitet rektori D. Nabiyev hamda Rossiya Federatsiyasining Pushkin nomidagi Rus tili davlat instituti rahbariyati o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi.

Hamkorlik doirasida “Rus tilini xorijiy til sifatida o‘qitish” bo‘yicha QarDU professor-o‘qituvchilari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish, hamkor oliy taʼlim muassasasi professor-o‘qituvchilarini maʼruza o‘tishga jalb etish, rus tili bo‘yicha qo‘shma taʼlim dasturlari, xususan, qo‘shma magistratura,  doktoranturalarni ochish,, ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish kabi qator masalalar muhokama qilindi.

Faxriddin Bozorov, “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер