Qariyb 7 ming oʻquvchi “Nima deb oʻylaysiz...?“ ruknida insho yozdi

16:19 26 Aprel 2020 Jamiyat
3067 0

Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiya tomonidan 6-11-sinf oʻquvchilari uchun eʼlon qilingan “Nima deb oʻylaysiz..?” rukni ostida insholar tanloviga ijodiy ishlarni qabul qilish yakunlandi.

Karantin davrida oʻquvchilar vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularga ijodiy qobiliyati va amaliy koʻnikmalarini namoyish etish imkonini berish hamda ularning oʻz fikrlarini mustaqil va erkin bayon qilish savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tanlovga jami 6691 nafar oʻquvchilar ishtirok etish istagini bildirib roʻyxatda oʻtgan va oʻz insholarini yuborishgan. 

Tanlov shartiga koʻra oʻquvchilar “Nima deb oʻylaysiz..?” rukni ostidagi 6 ta mavzudan birini tanlagan holda mazkur mavzuda insho yozishlari lozim edi. Yoshlarimizning koʻpchiligi “Nima deb oʻylaysiz, kelajakda qaysi kasb egalarining Vatanimizga koʻproq foydasi tegadi? Siz qanday kasb egasi boʻlmoqchisiz?” va “Nima deb oʻylaysiz, karantin davrida uyda oʻzingiz, oilangiz va jamiyat uchun qanday foydali ish qilyapsiz?” mavzularini tanlashgan.

Hozirda insholardagi ism-familiyalar oʻrniga maxsus kodlar qoʻyilib, muhrlangan holda mustaqil ekspertlarga baholash uchun taqdim etilgan. Gʻoliblar va ularni taqdirlash tadbirlari haqida karantin tugagach qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Eslatib oʻtamiz, tanlov gʻoliblari diplomdan tashqari egallagan oʻrniga qarab planshet, elektron kitob va smart soat bilan taqdirlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер