Qariyb 100 mln. soʻmlik noqonuniy sotilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi
Soliq organlari tomonidan oʻtkazilayotgan sayyor soliq tekshiruvlari davomida:
— Chilonzor tumanida 94 turdagi 2781 quti umumiy qiymati 35,6 mln. soʻmlik aksiz markasi mavjud boʻlmagan hamda markirovkalanmagan tamaki mahsulotlari;
— Urganch shahrida 5 turdagi 217 dona qiymati 7,2 mln. soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;
— Aksiz markasi mavjud boʻlmagan 430 quti, qiymati 11,2 mln. soʻmlik tamaki mahsulotlari;
— Urganch tumanida qalbaki aksiz markali 221 dona 4,6 mln. soʻmlik alkogol mahsulotlari;
— Qoʻqon shahrida 194 turdagi umumiy qiymati 36,7 mln. soʻm boʻlgan aksiz markasiz va markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari aniqlandi.
Mahsulotlar masala qonuniy hal etilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun maxsus doʻkonga yuborildi. Shuningdek holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring