Qardosh mamlakatning oʻrta tibbiyot xodimlari malakasini oshirish tizimi oʻrganilmoqda

17:49 05 Dekabr 2023 Jamiyat
427 0

Ayni kunlarda Respublika oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ularni ixtisoslashtirish markazi hamda uning filiallari rahbar-pedagoglari Turkiya sogʻliqni saqlash va tibbiy taʼlim tizimini oʻrganish, oʻzaro tajriba almashish, maxsus seminar va oʻquv kurslarida ishtirok etish uchun ushbu mamlakatda xizmat safarida boʻlib turibdi.

Tashrifning birinchi kuni delegatsiyamiz vakillari Turkiya Sogʻliqni saqlash vazirligi, USHAŞ tashkiloti va uning qoshidagi akademiyada boʻlib, qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazdi, vazirlikning shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish tizimi bilan yaqindan tanishdi.

Dasturga koʻra, shuningdek oʻrta tibbiyot xodimlarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ushbu mamlakatning tajribasini oʻrganish, Turkiya oliy taʼlim muassasalari bilan akademik almashinuvni yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qilish, gerontologiya, intensiv terapiya va boshqa qator yoʻnalishlar boʻyicha oʻzaro bilim almashish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер