“Qani adolat Prezidentim” Hammasini Prezidentga aytaman" murojaatiga munosabat bildirildi

13:42 19 May 2020 Jamiyat
1666 0

Youtube ijtimoiy tarmogʻida “Qani adolat Prezidentim” Hammasini Prezidentga aytaman" murojaatiga Qashqadaryo viloyat “Yermulkkadastr” Davlat korxonasi munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi mutaxassislari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi “Davergeodezkadastr” qoʻmitasiga Qarshi tumani Qoratepa MFYda yashovchi fuqaro S.Ismatovning murojaati oʻrganib chiqilgan.

Oʻrganish jarayonida Qarshi tumani Qoratepa MFYda yashovchi fuqaro S.Ismatov tadbirkorlik qilish uchun soʻrayotgan yer maydoni Qarshi tumani Qoratepa MFY hududida joylashgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun boʻsh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 1023-sonli qaroriga muvofiq, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun faqat “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksion orqali berilishi belgilangan.

“Fuqaro S.Ismatovga “E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida elektron onlayn-auksionda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron arizani yuborish va zakalat kiritish orqali ishtirok etishi mumkin”, deyiladi munosabatda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер