Qandli diabetni dori-darmonsiz davolash mumkinmi?
Xitoy olimlari qandli diabetning 2-turidan dori vositalarisiz xalos boʻlish yoʻlini topdi. Tadqiqotchilar fikricha, vaqti-vaqti bilan och yurish mazkur kasallikni davolashga xizmat qiladi.
Yaʼni bemor har kuni belgilangan soatdan boshlab maʼlum muddat ovqatlanishdan tiyilsa, qandli diabet va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining rivojlanish xavfi keskin kamayadi.
Bu xulosani amaliyotda tasdiqlash uchun qandli diabetning 2-turiga chalingan 36 nafar bemor tadqiqotga koʻngilli sifatida jalb etildi.
Yakunda olimlar tomonidan tavsiya etilgan oʻziga xos parhez tufayli xastalarning 90 foizi dori-darmonlar qabul qilishni kamaytirishga muvaffaq boʻldi. Bemorlarning 55 foizi esa kamida bir yil davomida preparatlar muolajasini butunlay toʻxtatdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring