Qanday hollarda tibbiyot xodimlariga 250 mln soʻm toʻlanadi?

13:21 08 Aprel 2020 Jamiyat
2036 0

arxiv foto

Koronavirus infeksiyasini aniqlash, tashxislash, davolash va oldini olish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirayotgan tibbiyot xodimlarini oylik ish haqining 6 foizidan tashqari qoʻshimcha ragʻbatlantirish nazarda tutilganmi? Ushbu savolga Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov javob berdi.

“Koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan;

zararlangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovi belgilandi:

▪️ vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million soʻm;

▪️ oʻrta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million soʻm;

▪️ kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million soʻm;

▪️ boshqa xodimlarga — 5 million soʻm.

Maxsus toʻlovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida toʻlab beriladi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga - 100 million soʻm;

koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida ogʻir ahvolga tushgan va sogʻligʻi tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila aʼzolarigaesa - 250 million soʻm miqdorida bir martalik toʻlovlar toʻlanadi”,deydi Otabekov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер