Qanday hollarda goʻsht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi?
Qonunchilikka koʻra, ayrim hollarda goʻsht mahsulotlarini sotishga ruxsat berilmaydi. Xususan:
— soʻyilishi ixtisoslashtirilgan va mini soʻyish korxonalarida amalga oshirilmagan boʻlsa;
— goʻsht va goʻsht mahsulotlarini tashish uchun belgilanmagan transport yordamida yetkazib berilgan boʻlsa;
— tegishli veterinariya hujjatlari boʻlmasa;
— veterinariya-sanitariya ekspertizasining xulosasi (maʼlumotnomasi) boʻlmasa;
— oyoqlari va bosh qismi jun bilan birga boʻlsa, shuningdek parranda va qushlarning patlari yulinmagan boʻlsa;
— xona yoki koʻcha haroratida ilgakka osilgan yoki yerga (ochiq rasta ustiga) ochiq holda qoʻyilgan holatda boʻlsa;
— veterinariya-sanitariya jihatidan xavfsizligi kafolatlangan goʻshtlarning yagona elektron maʼlumotlar bazasiga kiritilmagan boʻlsa.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring