Qanday holatlar mualliflik va turdosh huquqlar buzilishiga olib keladi?
Qonunchilikka koʻra, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzilishga quyidagilar kiradi:
mualliflarning shaxsiy nomulkiy huquqlarini buzish;
ijrochining ismi-sharifga boʻlgan va ijroni har qanday tarzda buzib koʻrsatilishidan yoki har qanday boshqacha tarzda tajovuz qilinishidan himoya qilish huquqlarini buzish;
huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar obyektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish;
haq toʻlash toʻgʻrisidagi talablarni buzish;
asarlardan yoki turdosh huquqlar obyektlaridan huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha olingan huquqlarni oshirib yuborgan holda foydalanish;
huquq egalarining mulkiy huquqlarini boshqacha tarzda buzish.
Asarlarning va turdosh huquqlar obyektlarining takrorlanishi yoki tarqatilishi mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzgan holda amalga oshiriladigan nusxalari kontrafakt nusxalar hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring