“Qamchiq”da “Neksiya” yonib ketdi
Bu haqda FVV xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 6-iyul kuni soat 17:00 da “Toshkent — Oʻsh” xalqaro avtomobil yoʻlining 246-kilometri, yaʼni “Qamchiq” dovonida «Neksiya» rusumli avtomobil yonib ketdi. Besh kishidan iborat yoʻlovchilar avtomobil salonidan oʻz vaqtida chiqib ketishga muvaffaq boʻlganlar. Bir necha daqiqa ichida yongʻin sodir boʻlgan joyga FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi xodimlari yetib kelib, qisqa vaqtda yongʻinni bartaraf etdilar. Avtomobildagi yoʻlovchilar tan jarohati olmagan. Qutqaruvchilar ularga barcha zarur yordamlarni koʻrsatdilar. Aniqlanishicha, yongʻin avtomobilning dvigatel qismidagi elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida sodir boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring