“Qamchiq” dovonida “Damas” xandaqqa tushib ketdi

22:45 03 Aprel 2026 Jamiyat
515 0

Videodan kadr

“Qamchiq” dovonida “Damas” rusumli avtomobil xandaqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bugun, 3-aprel kuni A-373 avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonidan oʻtgan qismida “ Vodiy-Toshkent” yoʻnalishida harakatlangan “Damas” rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yoʻqotishi oqibatida yoʻlning xandaq (kyuvet) qismiga tushib ketganligi toʻgʻrisida “Qamchiq” maxsus qutqaruv boshqarmasiga xabar kelib tushgan.

Aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus texnikalar yordamida avtomobilni xavfsiz hududga olib chiqqan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер