“Qamchiq” dovonida avtomobillar harakati tiklandi
Bugun, 13-fevral kuni 11:00 dan boshlab “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, FVV va boshqa tegishli idoralar hamkorligida “Qamchiq” dovonida qor koʻchkisi xavfini bartaraf etish uchun zarur profilaktik tadbirlar olib borilgan.
Biroq, prognozga koʻra, bugun soat 19:00 atrofida “Qamchiq” dovoni orqali transport harakati toʻxtatilishi mumkin, chunki kechga yaqin qor koʻchkisi xavfi yana vujudga kelishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring