Foto: Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati
Bugun, 27-iyul kuni soat 05:00 larda “Qamchiq dovoni” hududidan oʻtuvchi A-373 avtomobil yoʻlining 247-kilometrida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻldi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Manbaga koʻra, haydovchi, 1983-yilda tugʻilgan А.К. CAMC rusumli yuk avtomobilida harakatlanayotib, ehtiyotsizligi sababli oʻzi bilan bir yoʻnalishda oldinda harakatlanib ketayotgan “Isuzu” hamda “Howo” rusumli yuk avtomobillari bilan toʻqnashgan va yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketib “Mercedes-Benz Sprinter” rusumli avtomobiliga borib urilgan.

Mazkur YTH ortidan CAMC rusumli yuk avtomobilida yongʻin yuzaga kelgan. Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida CAMC rusumli yuk avtomobili haydovchisi va yoʻlovchisi, 1995-yilda tugʻilgan Б.Т. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ushbu YTH yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring