“Qamchiq” dovoni vaqtinchalik yopildi
Kuchli qor yogʻishi sababli “Qamchiq” dovoni nomaʼlum muddatga yopildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ob-havo sharoitining keskin oʻzgarishi, kuchli qor yogʻishi va Gidrometeorologiya xizmati markazi maʼlumotiga koʻra, koʻchki xavfi yuzaga kelganini inobatga olib, 10-dekabr kuni soat 02:30 dan boshlab “Qamchiq” dovonida transport vositalarining harakati vaqtinchalik toʻxtatildi.
Dovon yoʻli ochilishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring