Qalin tuman tufayli Toshkent xalqaro aeroporti ayrim reyslarni muqobil aerodromga yoʻnaltirdi
Foto: “Uzbekistan Airports”
Toshkent xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti (tuman) tufayli havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etildi.
“Uzbekistan Airports”ga koʻra, quyidagi reyslar Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirilgan:
- “Silk Avia” aviakompaniyasining Fargʻona – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha US402;
- “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Bishkek – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY778;
- “UTair” aviakompaniyasining Surgut – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha UTA-709;
- “Centrum Air” aviakompaniyasining Dubay – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha MFX-352;
- “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Grozniy – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha HY9702 reysi Buxorodagi muqobil aerodromga yoʻnaltirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring