Qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi

18:10 02 Yanvar 2024 Jamiyat
308 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “U.A.” xususiy korxonasi, “I.Sh.” va “M.Sh.” MCHJlarga qarashli savdo shoxobchalarida 5 xil turdagi jami 1 019 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Gʻijduvon tumanidagi “D.N.” MCHJga qarashli savdo doʻkonida 10 xil turdagi jami 894 dona qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari savdoga qoʻyilganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер