Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini imtiyozli asosda sotib olish uchun platforma ishga tushirildi

14:01 25 Fevral 2023 Iqtisodiyot
1203 0

Ushbu Platformadan foydalangan holda isteʼmolchilar quyosh panellari va quyosh suv isitgichlarini 3 yilgacha foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilishlari mumkin.

Fuqarolar tomonidan qurilmalarni toʻliq xarid qilinganda quyosh panellari xarajatlarining 6 mln soʻmgacha va quyosh suv isitish qurilmalarining 2,1 mln soʻmgacha boʻlgan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Aholi tovar va ishlab chiqaruvchini tanlash huquqi bilan Jamgʻarmaning https://energymarket.uz/ onlayn platformasi orqali roʻyxatdan oʻtish va xarid qilish uchun ariza topshirish imkoniyatiga ega.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni Jamgʻarmaning quyidagi telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin: (77) 070-12-32

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер