Qaysi dori koronavirusga qarshi samara berayotgani aytildi

14:45 06 Aprel 2020 Jamiyat
3587 0

arxiv foto

Koronavirusni davolashda bezgakka qarshi preparat sinab koʻrilgani va samarasi ijobiy natija bergani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqalyapti. Bu qanchalik rost? Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi Nurmat Otabekov javob berdi.

“Ha, bu rost va toʻgʻri maʼlumot. Koronavirusni davolashda bezgakka qarshi ishlatiladigan dorilardan foydalanish samara bermoqda. Oʻzbekiston hududida ham aynan mana shu davolash tartibi qoʻllanilmoqda.

Mamlakatimizda bemorlarni davolash jarayonida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga, bayonnomalariga, bu borada orttirilgan xalqaro tajribaga, respublikada qoʻllanilib, ijobiy natijalar bergan davolash usullariga, har bir sohaning tajribali mutaxassislari fikriga tayanib ish tutiladi. Shu paytga qadar 30 nafar bemorning sogʻayib shifoxonadan chiqib ketganligi esa, samarani koʻrsatib turibdi”, deydi Otabekov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda hozirgacha 390 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 30 nafari butunlay sogʻayib ketgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер