“Qayir”da bogʻcha qurilmoqda
Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi “Qayir” MFYda 400 nafar bogʻcha yoshidagi bolalar mavjud boʻlsa-da, afsuski, hududdagi yagona maktabgacha taʼlim tashkiloti atigi 50 oʻgʻil-qizni oʻz bagʻriga olgan. U ham boʻlsa moslashtirilganligi sabab shu sohaga boʻlgan talabni mutlaqo qondirolmay qolgan edi. Tuman hokimligi tomonidan koʻrsatilgan eʼtibor tufayli yangi muassasa qurilishiga tamal toshi qoʻyildi. Shu yilning oktyabr oyida foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan ushbu maskan kelgusida 125 nafar oʻgʻil-qizga xizmat qiladi.
Ayni damda qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.
Saminjon HUSNOV,
”Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring