Qahhor baxshi Rahimov nomidagi mahorat maktabi ochildi
Dehqonobod tumanidagi 5-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida Oʻzbekiston xalq baxshisi Qahhor baxshi Rahimov nomidagi mahorat maktabi oʻz faoliyatini boshladi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda taʼkidlanganidek, Qahhor baxshi Rahimov koʻp yillik ijodi davomida xalq baxshichilik anʼanalarini yangi bosqichga olib chiqqan atoqli sanʼatkor hisoblanadi. Uning rahbarligida ochilgan bu maktab butun mamlakat yosh ijodkorlari uchun ilhom manbai boʻlib xizmat qiladi.

Mahorat maktabida yoshlarga nafaqat doira, dutor, tor kabi cholgʻu asboblarida ijro sanʼati, balki doston aytish, sahnaviy madaniyat, soʻz ohangi va obraz yaratish kabi murakkab jihatlar ham mukammal oʻrgatiladi. Darslar tajribali ustozlar, jumladan, Qahhor baxshi Rahimovning bevosita rahbarligida olib boriladi.
Jahongir BOYMURODOV,
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring