Qadrdon kuy-qoʻshiqlar jozibasi

21:46 18 Fevral 2022 Jamiyat
1284 0

Foto: Халқ сўзи

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan oʻzbek milliy va akademik ijrochilik anʼanalarini sanʼat shinavandalariga yetkazish maqsadida konsert dasturi tashkil etildi.

Fargʻona shahridagi viloyat teatr-konsert saroyida boʻlib oʻtgan musiqiy kechada Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi, Maqom milliy markazi masʼullari, filarmoniyaning viloyatlardagi boʻlinmalari rahbarlari, musiqa fani oʻqituvchilari hamda milliy kuy-qoʻshiqlarimiz ixlosmandlari ishtirok etdi.

— Mamlakatimizda ilk bor jamoatchilik eʼtiboriga havola etilayotgan bunday hisobot konserti aynan Fargʻona viloyatidan boshlangani bejiz emas, — deydi Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Yahyobek Moʻminov. — Boisi milliy musiqa sanʼati, estrada ijrochiligi borasida Fargʻonada oʻziga xos tajriba va mahorat maktabi shakllangan.

Sanʼat yuksak qadrlanadigan Fargʻonada bugungi kunda Joʻraxon Sultonov, Maʼmurjon Uzoqov, Tavakkal Sultonov singari ustozlarning munosib vorislari tarbiyalanayotgani eʼtiborga sazovordir.

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер