Qadimiy tangalarni olib chiqishga uringan fuqaro qo‘lga olindi
Tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan qadimiy tangalarni bojxona posti orqali noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.
Xabarda aytilishicha, Toshkent xalqaro aeroporti orqali xorijga yo‘l olgan fuqaro B.A.ning yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Natijada, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan 8 dona Rossiya imperiyasida zarb etilgan qadimiy tangalar borligi aniqlanadi. Mazkur tangalarni olib chiqish uchun fuqaroda tegishli idoralar tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq ellik yil muqaddam va undan ham oldinroq yaratilgan madaniy boyliklarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish mumkin emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring